Muhsin Ubaydullaev: "Neftchi" muxlislari oxirgi  turlarda qanday o‘yinlar bo‘lib o‘tganligiga guvoh bo‘lishdi"

  • 25 dekabr, 2023, 15:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" bilan shartnomani uzaytirgan tajribali himoyachi Muhsinjon Ubaydullaev klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi. 

Tecno

— Muhsinjon, o‘tgan mavsum xaqida nima deya olasiz?

— O‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdik, deb ayta olaman. Lekin, yakunda sovrindorlar qatoridan tushib qolganimiz juda alamli bo‘ldi. So‘nggi turgacha medallarga ega chiqish uchun kurash olib bordik. Biroq, barcha muxlislarimiz oxirgi  turlarda qanday o‘yinlar bo‘lib o‘tganligiga guvoh bo‘lishdi. Aytib o‘tish joiz, ba’zi bir bellashuvlarda bizga biroz  omad etishmadi.

— Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz. Aytingchi, "Neftchi"da  qolishingiz uchun asosiy uchta sababi nima bo‘ldi?

— Asosiy sabablardan biri, jamoamiz yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yganligidadir. Shuningdek, farg‘onalik bo‘lganim uchun  sevimli jamoamda o‘ynash men uchun sharafli hisoblanadi.

— Yakuniga etgan mavsumda jamoamiz tarkibida maydonda eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biri bo‘ldingiz? 

— Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonch. Jamoamomizda istalgan pozitsiyada raqobat juda kuchli bo‘lishiga qaramay, maydonda borimni berib harakat qildim. Bu esa o‘z navbatida bexato harakat qilishga undaydi. Raqobat bor joyda o‘sish ham bo‘ladi.

— Yakunlangan mavsumda sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli uch futbolchini sanab bera olasizmi?

— Silvanus Nimeli, Oston Urunov va Oybek Bozorov.

— 21 raqam siz uchun nimani anglatadi?

— "21" raqam hech narsani anglaytmaydi. Jamoa tarkibida menga taqdim etilgan birinchi raqam aynan 21 bo‘lgan va hozirgi kunga qadar Ubaydullaev familiyasi 21 raqam bilan chiroyli ko‘rinadi (kuladi)

— Yangi mavsumda muxlislarimiz  o‘tgan mavsumga nisbatan yaxshiroq natija kutishi tabiiy. Bu esa futbolchilarga va shaxsan o‘zingizga bosim tug‘dirmaydimi?

— Bosim har doim bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Bu holat vodiy jamoalarida odatga aylanib ulgurgan bo‘lsa,men uchun esa ko‘proq motivatsiya beradi.

— Jamoamiz muxlislari haqida qanday fikrlar bildira olasiz?

— Bu yil jamoamiz muxlislari har qachongidan ko‘ra ancha faol bo‘lishdi. Albatta, erishilgan yutuqlarimizda ularning o‘rni beqiyos. Xudo xohlasa yangi mavsumda ham g‘olibona yurishda davom etib,ularni  xursand qilishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!